Germaniyada ishlash uchun talablar eʼlon qilindi
Xorijda ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimizning chet elda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat bilan band boʻlishi hamda dunyoning rivojlangan davlatlarida munosib ish oʻrinlariga joylashtirish choralari koʻrilmoqda, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.
Shu munosabat bilan, Germaniyada dastlab dual tizimida, yaʼni bir paytning oʻzida kasb oʻrganish va haq toʻlanadigan ishga, keyinchalik toʻliq ishga jalb qilish maqsadida ish beruvchilarning talablariga toʻgʻri keladigan nomzodlarni aniqlash va ularning bazasini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
- 18-27 yoshgacha boʻlishi;
- maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan boʻlishi;
- nemis tilini kamida V1, yaʼni mustaqil muloqot qilish darajasida bilishi;
- Germaniyada kamida 3 yil muddat davomida mehnat faoliyatini amalga oshirishga tayyor boʻlishi;
- odamlarga nisbatan ochiqkoʻngil va tez muloqotga kirishuvchan boʻlishi;
- sogʻlom va sudlanmagan boʻlishi lozim;
- ish vaqti: 3 smenada 8 soatdan;
- sinov muddati: 6 oy.